Servis Xizmatlar

Yaxshi tashkil etilgan servis xizmat ko'rsatish mexanizmi sizning avtomobilingiz Mercedes-Benz avtomobili bo'lib qolishini ishonch bilan aytishga imkon beradi. Biz avtomashinalarimizga texnik xizmat ko‘rsatish tizimini doimiy ravishda takomillashtirib boramiz, ularni yanada qulay va arzonroq qilamiz. Biz har yili sizga yaqinroq bo'lish uchun 3-4 ta rasmiy stantsiya ochamiz, sizning turli istaklaringizni qondirish uchun yangi xizmatlarni joriy qilamiz, yanada samaraliroq bo'lishi uchun stantsiyalardagi jarayonlarni takomillashtiramiz. Biz doimiy ravishda kadrlar tayyorlaymiz va mutaxassislarimizning malakasini oshiramiz - zamonaviy texnologiyalar yetuk mutaxassislarni talab qiladi. Shunday qilib, biz har bir Rasmiy xizmat ko'rsatish shoxobchasida avtomobillaringizga eng zamonaviy xizmat ko'rsatish majmuasini taklif qilishga tayyormiz.

Muntazam texnik xizmatdan ot'gan har bir Mercedes-Benz avtomobili ko'p yillar davomida o'z haydovchisini xursand qilishi mumkin. Biz O‘zbekistonda yaxshi ishlaydigan va ishonchli xizmat ko‘rsatish mexanizmini yaratdik va ishonch bilan aytishimiz mumkinki, sizning avtomobilingiz Mercedes-Benz avtomobili bo‘lib qoladi. Avtomobilga rasmiy Mercedes-Benz xizmat ko'rsatish shoxobchasida xizmat ko'rsatish orqali siz uning butun umri davomida a'lo holatda bo'lishiga amin bo'lishingiz mumkin. Faqat bu yerda ishlab chiqaruvchining barcha ko'rsatmalariga muvofiq xizmat ko'rsatishning yuqori sifatini kafolatlash mumkin.

Servis xizmat ko'rsatish oralig'i

  • O‘zbekistonda avtomobillarni ekspluatatsiya qilishning o‘ziga xos xususiyatlarini, xususan: yoqilg‘i standartlari, har doim ham Yevropaga mos bo'lmagan yo'llarning sifati, ularning mavsum oralig'ida ifloslanishi va bahor-yoz mavsumida changlanishi, yengil va yo'ltanlamas avtomobillarga xizmat ko‘rsatish oralig‘i quyidagini tashkil etadi:
  • benzinli avtomobillar uchun 12 oy yoki 15 000 km (qaysi biri birinchi bo'lsa), dizelli avtomobillar uchun 12 oy yoki 10 000 km (qaysi biri birinchi bo'lsa).

Shuningdek, barcha kerakli ma'lumotlarni telefon raqami orqali olishingiz mumkin:

Servis bo'limi:

Tel.: +99890 098 09 11

Tel.: +99890 099 09 11

E-mail: info@sardor-avto.uz