Ommaviy ogohlantirish
SMS firibgarligi
Kompaniyamizga O‘zbekistonda rasmiy domen nomi — www.mercedes-tashkent.uz — dan noqonuniy foydalanib, avtomobillar yutuqli o‘yinlari o‘tkazilayotgani haqida ma’lumotlar kelib tushdi.
Rasmiy ravishda ma’lum qilamizki, «Sardor Avto Invest» bunday aksiyalar, yutuqli o‘yinlar va lotereyalarga hech qanday aloqador emas.
Talk Fusion
O‘zbekiston Respublikasidagi mijozlarga shuni ma’lum qilamizki, kompaniyamiz avtomobillar yutuqli o‘yinlarida ishtirok etmaydi va o‘zini Talk Fusion deb atovchi tashkilotga hech qanday aloqasi yo‘q.
Narxlar haqida muhim ma’lumot
Saytimizda ko‘rsatilgan avtomobil narxlari yetkazib berish xarajatlarini o‘z ichiga oladi va O‘zbekiston Respublikasiga import qilishdagi bojxona to‘lovlarini o‘z ichiga olmaydi.