Servis Xizmatlar

Rivojlangan servis tizimi bizga ishonch bilan aytishga imkon beradi: sizning avtomobilingiz haqiqiy «Mercedes-Benz» bo‘lib qoladi. Biz texnik xizmat ko‘rsatishni doimiy ravishda takomillashtirib, uni qulay, tezkor va samarali qilamiz.

Har yili xizmat ko‘rsatish sohasini kengaytirib, SТО jarayonlarini takomillashtiramiz, shunda sizning avtomobilingizni servis qilish tez va qulay bo‘ladi. Bizning xodimlarimiz muntazam ravishda malakasini oshiradi — zamonaviy texnika esa faqat malakali mutaxassislarni talab qiladi.

O‘zbekistondagi rasmiy «Mercedes-Benz» stansiyamiz sizga zamonaviy xizmatlarning to‘liq kompleksini taqdim etadi va avtomobilingizning uzoq muddat xizmat qilishini kafolatlaydi. Rasmiy SТОA’da muntazam xizmat ko‘rsatish avtomobilingizning barcha texnik xususiyatlari, ishonchliligi va prestijini saqlashini ta’minlaydi.

Rasmiy «Mercedes-Benz» stansiyasida xizmat ko‘rsatish — bu yuqori sifatga ishonch, zavod-iste’molchi ko‘rsatmalariga rioya qilish va avtomobilingizga har bir bosqichda g‘amxo‘rlik demakdir.

Servis xizmat ko'rsatish oralig'i

  • O‘zbekistonda avtomobillarni ekspluatatsiya qilishning o‘ziga xos xususiyatlarini, xususan: yoqilg‘i standartlari, har doim ham Yevropaga mos bo'lmagan yo'llarning sifati, ularning mavsum oralig'ida ifloslanishi va bahor-yoz mavsumida changlanishi, yengil va yo'ltanlamas avtomobillarga xizmat ko‘rsatish oralig‘i quyidagini tashkil etadi:
  • benzinli avtomobillar uchun 12 oy yoki 15 000 km (qaysi biri birinchi bo'lsa), dizelli avtomobillar uchun 12 oy yoki 10 000 km (qaysi biri birinchi bo'lsa).

Shuningdek, barcha kerakli ma'lumotlarni telefon raqami orqali olishingiz mumkin:

Servis bo'limi:

Tel.: +99890 098 09 11

Tel.: +99890 094 09 11

E-mail: info@sardor-avto.uz